AQShning Orlando shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi.
Caribe Royale Orlando arenasida o‘tgan oqshom doirasida birinchi o‘rta vazn (69,9 kg) toifasida vaqtinchalik WBA chempioni kubalik Yoenis Telyes (10-1, 7 KO) germaniyalik da’vogar Abass Barau (17-1, 9 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi. Bu Telyes uchun ilk kamar himoyasi edi.
Chempionlik jangi oldidan aynan Telyes yaqqol favorit edi. To‘liq 12 raund davom etgan jang yakunida 30 yoshli Abass hakamlarning yakdil qarori bilan nomdor raqibini 116-111, 115-112, 117-110 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, vaqtinchalik WBA kamarini qo‘lga kiritdi.