Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada sayyoh ayol bayroq ustunida raqsga tushgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinadi (video)

Turkiyada sayyoh ayol bayroq ustunida raqsga tushgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinadi (video)

Turkiya hukumati mashhur sayyohlik hududi Kapadokiyada bayroq ustunida raqsga tushgan sayyohga nisbatan jinoiy ish ochdi.

Voqea haqida Baza Telegram-kanali xabar berdi.

Kapadokiyaning asosiy sayyohlik joylaridan birida olingan videoyozuvda qizning bayroq ustuniga chiqib, akrobatik elementlarni namoyish qilayotgani aks etgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Sayyohning xatti-harakati davlat bayrog‘iga hurmatsizlik sifatida baholangan.

Endi qizni bir yildan uch yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Prokuratura uning xatti-harakatlarini davlat ramzlarini haqorat qilish va turk millati yoki uning muassasalarini kamsitish sifatida baholagan. Jinoyatchining ismi va fuqaroligi oshkor etilmagan. Sayyohning Turkiyani tark etgani yoki mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingani ham noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 10:40 24.08.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!