AQSh va Yevropa tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan ko‘plab sanksiyalarga qaramay, Rossiya iqtisodiyoti faoliyatini davom ettirmoqda va mamlakat moliyaviy-iqtisodiy izolyasiyaga tushib qolmadi, deb yozadi The New York Times.
Rossiya banklari Xitoy va boshqa davlatlar orqali operasiyalarni amalga oshirish yoki pul o‘tkazish yo‘llarini topmoqda. Xitoy va Hindiston bilan olib borilayotgan savdo AQSh sanksiyalarining bosimini yumshatishga yordam bermoqda.
Amerikalik mutaxassislarning aytishicha, bu borada hozircha ko‘p narsa qilishning iloji yo‘q. Birinchidan, AQSh BAA yoki Xitoy bilan munosabatlarni yomonlashtirishni istamaydi, chunki bu davlatlarning moliyaviy kompaniyalari Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda. Ikkinchidan, yirik Xitoy moliyaviy muassasalariga kuchli bosim o‘tkazish global beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Evropa davlatlari ham Xitoyga bosim o‘tkazishga urinishmoqda, biroq bu juda cheklangan natija bermoqda.