Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Armanistondan Rossiyaga olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qaytarib yuborilmoqda

Armanistondan Rossiyaga olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qaytarib yuborilmoqda

Armanistondan Rossiyaga eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qaytarib yuborildi.

Bu haqda armanistonlik deputat Garnik Danelyan Facebook’dagi sahifasida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya orqali Rossiyaga yo‘l olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuk mashinalari Armanistonga qaytirib yuborilgan. Haydovchilarga kirishga ruxsat berilmagani "fitosanitariya muammolari" bilan bog‘liq ekani aytilgan.

Deputat boshqa yuklar, xususan, qurilish materiallari ham qattiq tekshiruvdan o‘tishi kerakligini ta’kidladi.

Danelyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston rasmiylari sodir bo‘layotgan voqealarga adekvat munosabat bildirmagan va vaziyatning o‘zi nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy xususiyatga ega.

Kiritildi: 09:30 24.08.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!