Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

“Umra” tadbirini reklama qilishda qonunbuzarlik aniqlandi

“Umra” tadbirini reklama qilishda qonunbuzarlik aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilayotgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar ham o‘rganildi.

Natijada Navoiy va Samarqand viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta — "A-HELLO", "SM Tower Tour" hamda "RAYXONA TOUR" MCHJlarga nisbatan lisenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklama joylashtirilgani aniqlandi. Bu holat “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzish sifatida baholanib, belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi va moliyaviy jarimalar qo‘llandi.

Shuningdek, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 8 ta telegram va instagram kanal (jumladan: “Umra safari 2025”, “Makka madina Sayohat”, “Saudiyaga Sayohat Muhammadyusuf”, “iamalimusim”, “IYMONA TRAVEL”, “HIKMAT TRAVEL”, “Makka va Madinaga Ziyorat”) hamda “Tashabbus travel” MCHJ bergan reklamalarda ham shu kabi qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’minlanmoqda.

Kiritildi: 21:46 06.08.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!