Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

A A A
Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Bahodir Jalolovning menejeri Alik Frolov mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

— Bu jang o‘tkazilishi mumkinmi? Nazariy jihatdan hozir har qanday jang mumkin. Agar Turki ash Shayx shunday jangni xohlasa, u albatta bo‘ladi. U Itauma bilan jang haqida gapirgandi — bu jang tashkil etilsa men hayron qolmayman. U shunchaki: "Mana shu jangni xohlayman", deydi — va u amalga oshadi.

Hozirda Baxa da’vogarlar qatorida emas, shuning uchun buni muhokama qilish hozircha o‘rinsiz. Lekin, albatta, bu ajoyib jang bo‘lardi. Nazariy jihatdan — mumkin. Amalda esa — hozircha buning vaqti emas. Agar Bahodir ikki-uch nafar kuchli raqibga qarshi jang qilib, yuqori darajaga chiqsa va Aleksandr ham o‘sha vaqtgacha ringda bo‘lsa... Chunki u hammasini isbotladi, u ertagayoq "xayr" deyishi mumkin. Va biz uning janglarini sog‘inamiz.

Agar Jalolovda hammasi yaxshi bo‘lsa, bir jang o‘tkazadi, keyin yana bir taniqli raqibga — masalan, Chisoraga qarshi jang qiladi. Qandaydir mintaqaviy kamarni himoya qiladi va TOP-5 qatoriga kiradi — unda bu jangni osonlikcha uyushtirish mumkin bo‘ladi. Biz rozimiz, har qanday yo‘nalishda harakat qilishga tayyormiz. Maqsadimiz — chempionlik janglarga yaqinlashish. Bu jarayon tez sodir bo‘ladi. Bir yil ichida istalgan raqibga chiqish mumkin. Faqat doimiy rivojlanish kerak. Menimcha, bir yil ichida u nomzodlar orasida bo‘ladi", — dedi Frolov.

Kiritildi: 23:42 07.08.2025. O'qildi: 11924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!