Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda 19 yoshli yigit ko‘chada kiyimsiz yurgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda 19 yoshli yigit ko‘chada kiyimsiz yurgani bo‘yicha ma’lumot berildi

7 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida noma’lum shaxsning jamiyatda odob-axloq va yurish-turish qoidalarini mensimasdan, jamoat joyida yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshuvi natijalariga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxs Chilonzor tumani 19-mavze hududida yalang‘och holda jamoat joyida harakatlangan. Bu harakati orqali u fuqarolar orasida norozilik va e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Hududiy profilaktika inspektori tomonidan ushbu fuqaro mast holatda ko‘p qavatli uylar oldidagi o‘rindiqlardan birida uxlab yotgan holda aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi — “Mayda bezorilik” alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 22:25 07.08.2025. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!