Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston AQSh bosimi ostida Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatmoqda

Hindiston AQSh bosimi ostida Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatmoqda

Hindistonning davlat neftni qayta ishlash zavodlari AQSh bosimi ostida Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatmoqda, chunki AQSh Nyu-Dehliga qattiq tariflar orqali bosimni kuchaytirmoqda.

Bu haqda 7 avgust payshanba kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.

Bloomberg manbalarining aytishicha, Indian Oil Corp., Bharat Petroleum Corp. va Hindustan Petroleum Corp. kabi kompaniyalar hukumatning aniq ko‘rsatmalari bo‘lmaguncha, kelgusi xarid davrida xom neft sotib olishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Xabar berilishicha, bu qaror Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlik uchun 25 foizlik boj joriy etish haqidagi farmoni bilan bog‘liq.

Bloomberg axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Dehli rasman neftni qayta ishlash korxonalariga Moskva neftini sotib olishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bermagan. Shu bilan birga, bosh vazir Narendra Modi hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning bojxona tariflariga qarshi turibdi.

Kiritildi: 22:57 07.08.2025. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!