Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Alisher Qodirov: "Jennifer Lopesning yalang‘och chiqqaniga indamadik, ro‘mol o‘raganlarga ham tegmaylik"

Alisher Qodirov: "Jennifer Lopesning yalang‘och chiqqaniga indamadik, ro‘mol o‘raganlarga ham tegmaylik"

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Jennifer Lopesning yalang‘och konsertiga munosabat bildirdi.

"O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat ko‘pchilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, ko‘pchilik saylagan Prezident tomonidan ma’qullangan qonunlarni buzmagan holda, o‘zi istaganidek yashash imkonini beradi.

Vatanimizda barcha millat va dunyoqarashdagi vatandoshlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilishi uchun sharoit yaratish ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va hech kim kamsitilmasligi kafolatlangan.

Agar biron vatandosh pivo ichmoqchi bo‘lsa, ichadi, bu uning tanlovi, ichmaydigan vatandosh ichmaydi va buning sababini har ikki toifa hech kimga izoh berishga majbur emas.

Alkogolni ichish mumkin, lekin reklama qilish mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutuvchi biron siyosiy kuch qonunni o‘zgartirib alkogolni “milliy qadriyat”, bir jinslilarni oila qurish talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilishi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…

“Milliy tiklanish” har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanishi kerak degan g‘oyasida mustahkamligini eslatib qo‘ymoqchiman.

Jenifer Lopesni konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targ‘ibot qilmasa, o‘tkazadi, tanasini ko‘rsatish uni tanlovi, ko‘rish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu!

Lekin, xuddi shunday o‘ranib yurmoqchi bo‘lgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalong‘och namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham daxl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, e’tiqodli ayollarimizga ro‘molni qanday o‘rashni o‘rgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib e’tiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga ro‘molini yechib tushishga majburlashni ham to‘xtatish kerak. Identifikasiya talablari yuzni ochiq bo‘lishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik.

Dunyoviylik ishonganga ham, ishonmaganga ham teng bo‘laolish degani, zo‘rni zaifiga hayotdan dars berishi emas.

Lopes raqsini tushunish uchun Markesni, dunyo falsafasini o‘qigan bo‘lish kerak…"

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!