Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Xerson uchun jangga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?

Rossiya Xerson uchun jangga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?

Rossiya Xerson shahridagi Korabel mahallasiga olib boruvchi ko‘prikka zarbalar bermoqda. Bu orqali shaharning bir qismini izolyasiya qilish va ehtimoliy hujum uchun plasdarm yaratishga urinayotgani taxmin qilinmoqda.

Rossiya Xersonning Karantin orolida joylashgan Korabel mikrorayoniga olib boruvchi ko‘prikka aniq aviazarbalar bermoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi. Unga ko‘ra, hujumlar avgust oyida boshlangan. Havodan tashlangan aviabombalar orqali ko‘prik urib tushirilgan. Xerson harbiy ma’muriyati tinch aholi o‘rtasida qurbonlar borligini ma’lum qilgan.

Hududda taxminan 1800 kishi qolgan, ulardan 187 nafari harakatlanishda qiynaladigan shaxslar, 31 nafari esa bolalar ekani aytilmoqda. Ko‘prikning shikastlanishi ta’minotni qiyinlashtirib, izolyasiya xavfini keltirib chiqargan. Xerson viloyati hokimligi Korabel aholisini evakuasiyaga chaqirgan.

Ushbu hujumlar fonida Rossiya qo‘shinlari Dnepr daryosining o‘ng sohilida — 2022 yil noyabrida tark etilgan hududda — yangi plasdarm yaratishga tayyorlanayotgani haqida muhokamalar kuchaydi. Ukraina va prorossiya manbalarga ko‘ra, Rossiya armiyasi shahar bilan yagona ko‘prik orqali bog‘langan Korabel hududini kesib tashlashga harakat qilmoqda.

Ushbu hududdagi ukrain pozisiyalari artilleriya va havodan zarbalariga uchrayotgani aytilmoqda. «Dva Mayora» telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik kuchlar bu yo‘nalishda hujum operasiyasini olib bormoqda.

Janubiy mudofaa kuchlari vakili Vladislav Volodinga ko‘ra, Rossiya armiyasi Xerson viloyati orollariga desant tushirish urinishlarini davom ettirmoqda. Biroq, uning aytishicha, hozircha gap kichik diversion guruhlar harakatlari haqida bormoqda. Keng qamrovli desant haqida gapirishga erta.

Voloshin, shuningdek, Xersonda rossiyalik diversion-razvedka guruhlari borligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Jangovar harakatlar sharoitida TRT qarshi tomonlar bayonotini tezkor ravishda tasdiqlash yoki rad etish imkoniyatiga ega emas.

Kiritildi: 15:46 07.08.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!