Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSh qo‘lga tushdi

Buxoroda sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSh qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “M.N.P.S.” MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-95 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jami 63 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 11:20 26.07.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!