Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.

Bu haqda jurnalist Saymon Baykovskiyga tayanib, “Euro-football” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “shaharliklar” rahbariyati 21 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisini yaqinlashib kelayotgan mavsumda tarkibda saqlab qolmoqchi.

Futbolchi boshqa himoyachilar bilan asosiy tarkib uchun raqobatda ishtirok etadi. Uzun va zich taqvimda Gvardiola juda ko‘p rotasiyalarni amalga oshirishini hisobga olsak, unga yetarlicha vaqt berilishiga ishonsa bo‘ladi.

Kiritildi: 19:48 01.08.2025. O'qildi: 2618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!