“National Interest” jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, AQSh va Yevropa Markaziy Osiyodagi zamonaviy “Buyuk o‘yin”dan yutqazmoqda, Rossiyaning mintaqadagi ta’siri pasayib, Xitoy ustunlik qilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari ko‘p vektorli tashqi siyosatni ishlab chiqish va ko‘proq davlatlar bilan aloqa o‘rnatishdan chin dildan manfaatdor. Ammo Qo‘shma Shtatlar buning o‘rniga ularni Rossiya bilan savdo qilgani uchun ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarini Rossiya bilan savdo qilganliklari uchun jazolash o‘rniga AQSh va Yevropa Ittifoqi yaqinroq iqtisodiy aloqalar o‘rnatishni taklif qilishi va shu orqali Moskvaning G‘arbning bu mintaqalar bilan ittifoq tuzishi haqidagi qo‘rquvini ro‘yobga chiqarishi kerak. G‘arbning "Buyuk o‘yin”ni qanday o‘ynashni unutgani sharmandalik", - deya yakunlanadi maqola.