Rossiya va Belarus prezidentlari Vaalam orolida norasmiy uchrashuv o‘tkazmoqda. U yerda prezidentlar birgalikda ibodatdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berishdi.
Vladimir Putin:
▪️Rossiyada birinchi “Oreshnik” seriyali ishlab chiqarildi va u qo‘shinlarga topshirildi.
▪️Chasov Yarning ozod qilingani rost, Rossiya Qurolli Kuchlari uni bir necha kun oldin ozod qilgan. Ukraina rahbariyati buni inkor etayotgan ekan, demak ular frontdagi voqealardan xabardor emas.
▪️Rossiya qo‘shinlari butun jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda. Rossiya birovning yerlarini bosib olayotgani yo‘q, o‘z yerlarini qaytarmoqda.
▪️Rossiya askarlari orasida birorta ham keraksiz yo‘qotish bo‘lgani yo‘q;
▪️Maxsus operasiya hududida ijobiy natijalar rus askarlarining jasorati va qahramonligi tufayli erishilmoqda.
▪️“Oreshnik”ni Belarusga yetkazib berish masalasi yil oxirigacha hal qilinadi, hozir uning uchun joy tanlanmoqda.