Vashington Falastin rahbariyati va Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) a’zolariga nisbatan vizaviy cheklovlar joriy etdi.
AQSh Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, go‘yoki falastinlik rasmiylar Isroil bilan tinchlik jarayoniga “xalaqit berayotgan” ekan. Biroq aynan isroillik delegatlar o‘tgan haftada HAMAS bilan tinchlik kelishuvini imzolashdan bosh tortgan edi.
Falastin tomoni mojaroni to‘liq to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektorida chiqarish talabini qo‘ydi. Ammo Tel-Aviv bu bandlarni so‘nggi daqiqada rad etdi. Shundan so‘ng Netanyahu hukumatida G‘azo hududining ayrim qismlarini anneksiya qilish va noqonuniy yahudiy posyolkalarini qurish rejasi muhokama qilina boshlandi.
Vizaviy cheklovlar 1 avgustdan kuchga kirdi va bu cheklovlar ro‘yxatidagi shaxslarga AQShga kirishni taqiqlaydi. Ammo AQSh rasmiylari aniq ismlarni oshkor qilmadi.
Davlat departamenti bayonotida Falastin ma’muriyati va FOT mojaroni “internasionallashtirishga” urinyotgani, xususan, Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilayotgani va falastin davlatining tan olinishini talab qilayotgani qayd etilgan.
Falastin ma’muriyati va FOT bu borada hozircha hech qanday izoh bermadi. Bu tuzilmalar odatda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Falastin davlatini tan olishni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Balki aynan shu sabab AQSh falastinliklarni shunday “jazolashga” qaror qilgan bo‘lishi mumkin.
Bu hafta AQSh va “Katta Yettilik”dagi ittifoqchilari o‘rtasida Falastinni tan olish masalasida diplomatik kelishmovchilik yuzaga keldi. Kanada sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Falastin davlatini tan olish niyatida ekanini bildirdi. Fransiya ham qo‘llab-quvvatladi, Buyuk Britaniya esa sentyabrga qadar G‘azodagi harbiy harakatlar to‘xtatilsa, shunday qaror qabul qilishini ma’lum qildi.
Isroil esa Kanada, Fransiya va Buyuk Britaniyaning bu qadamlari keskin qoraladi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham ittifoqchilar qarorlarini “hech qanday ahamiyatga ega emas” deya tanqid qildi.
Shuningdek, AQSh va Isroil 28–30 iyul kunlari Fransiya hamda Saudiya Arabistoni tomonidan Nyu-Yorkda o‘tkazilgan tinchlik bo‘yicha xalqaro konferensiyani ochiqchasiga boykot qildi.