Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Rossiya bilan bo‘layotgan urushni tugatish maqsadida etakchilar darajasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida bayonot berdi.
«Amerika bunday tashabbusni taklif qilgan. Ukraina bunga rozi bo‘lgan. Endi Rossiyaning tayyorligi kerak», — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, texnik darajadagi muzokaralar yoki bayonotlar almashinuvi o‘rniga, davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv orqali jangovar harakatlarga barham berish imkoni bor.