"PSJ" futbolchisi Ashraf Hakimiy zo‘rlash ishi bo‘yicha 15 yilgacha qamalishi mumkin.
Le Parisien xabariga ko‘ra, futbolchiga ayblov e’lon qilgan prokuratura bunday jazoni qo‘llab-quvvatlamoqda. Keyingi qarorni sudya qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil mart oyida Nanter prokuraturasi Hakimiyni 24 yoshli qizni zo‘rlashda ayblagan edi.
Taxmin qilinayotgan jabrlanuvchining aytishicha, u marokashlik bilan ijtimoiy tarmoqlarda tanishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u futbolchining uyiga taksida kelgan. U yerda futbolchi uning noroziliklari va qochishga urinishlariga qaramay, unga tegajog‘lik qilgan.