Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Medvedevga javob: Tramp Rossiya yaqiniga ikkita atom suvosti kemasini joylashtirishni buyurdi

A A A
Medvedevga javob: Tramp Rossiya yaqiniga ikkita atom suvosti kemasini joylashtirishni buyurdi

Bu haqda AQSh prezidentining o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Rossiyaning sobiq prezidenti, hozirda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan Dmitriy Medvedevning nihoyatda provokasion bayonotlariga asoslanib, men ikkita atom suvosti kemasini tegishli hududlarga joylashtirishni buyurdim, bu ahmoqona va gij-gijlovchi bayonotlar shunchaki oddiy so‘z bo‘lmasligi mumkin. So‘zlar katta ahamiyatga ega va ko‘pincha kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Umid qilamanki, bu holat shundaylardan biri emas", — deb yozdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Trampning Ukrainada urushni to‘xtatish bo‘yicha Rossiyaga ultimatumiga javoban Medvedev AQShga yadroviy zarba berilishi ehtimoliga ishora qilgan edi.

Kiritildi: 22:55 01.08.2025. O'qildi: 2471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!