Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qarzdor korxonaning qidiruvdagi avtotransport vositalari Qo‘ng‘irotdan topildi

Qarzdor korxonaning qidiruvdagi avtotransport vositalari Qo‘ng‘irotdan topildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan YHXB vakillari bilan hamkorlikda qidiruvdagi avtotransport vositalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Ustyurt qidiruv-burgulash boshqarmasi” dan undiruvchi “Ravan-Nurafshon Qurilish” MCHJ foydasiga 11.2 mlrd. so‘m qarz undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor korxona nomida “Toyota land cruiser” va boshqa bir qancha avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu avtotransport vositalari qarzdor joylashgan manzilda yo‘qligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 11-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashinalar Qo‘ng‘irot tumani ko‘chalarida topilib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Kiritildi: 22:25 14.07.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!