Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShda interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi yordami bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShda qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan «ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.

Interpol MMB tomonidan AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan axborot almashinuvi va muzokaralar natijasida uning deportasiya qilinishiga erishilgan.

Qidiruvdagi shaxs 13 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan va Interpol MMB xodimlariga topshirilgan. Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 20:40 14.07.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!