Bugun, 14 iyul soat 07:39 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Axmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.