📍 2025-2026 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi.
– Imtihonlar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:
– Birinchi smena soat 08:00 da boshlanadi,
– Ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.
⏰ Imtihon boshlanishidan oldin vaqt talablar:
– Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga yetib borishlari shart.
– Ertalabki smenada ishtirok etuvchilar soat 06:30 da,
– Tushki smenadagilar esa soat 13:30 da test sinovi hududida bo‘lishlari kerak.
📝 Testga kirishda talab etiladigan hujjatlar:
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi;
– Abituriyent ruxsatnomasi.
🚫 Test hududiga olib kirish taqiqlanganlar:
– Mobil telefonlar va boshqa raqamli qurilmalar (planshet, naushnik, smart-soat va boshqalar).
✅ Test hududiga olib kirishga ruxsat beriladiganlar:
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
– Abituriyent ruxsatnomasi;
– Oddiy (mexanik) qo‘l soati (elektron yoki smart-soatlar taqiqlanadi);
– Optik ko‘zoynak (faqat ko‘rish uchun);
– Pul mablag‘i;
– Dastro‘mol;
– Kalit;
– Sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan dori vositalari