Eron hukumati Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlikni to‘liq to‘xtatmaganini, biroq u kelajakda yangi formatda amalga oshirilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.
Bu haqda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi xorijiy elchixonalar va diplomatik missiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Eron AQShga yadroviy kelishuvga erishish uchun “real imkoniyat” berishga tayyor
— Agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatganimiz yo‘q, lekin u yangi formatda davom etadi. Bu — mavjud vaziyat va sodir bo‘lgan voqealardan kelib chiqqan holda tabiiy o‘zgarish, — dedi Aragchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE tomonidan Eron hududida tekshiruv o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar xavfsizlik manfaatlarini hisobga olgan holda mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Eron yadroviy inshootlardagi MAGATE inspektorlari xavfsizligidan ham xavotirda. Chunki Isroil bilan urushdan keyin ba’zi ob’ektlarda portlamay qolgan snaryadlar qolishi mumkin.