Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi» — transport vaziri Ilhom Mahkamov

«Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi» — transport vaziri Ilhom Mahkamov

O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarda joylashgan barcha mavjud yonilg‘i quyish shoxobchalarida elektr quvvatlash uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur dastur Transport va Energetika vazirliklari hamkorligida ishlab chiqilgan. Unda nafaqat xalqaro, balki mahalliy yo‘llarda ham elektr quvvatlagichlarni o‘rnatish nazarda tutilgan. Xususan, 82 ta nuqtada «service area» va «service point» konsepsiyasi asosida majburiy ravishda standart quvvatlagichlar joylashtirilishi belgilangan.

Yig‘ilishda deputat Sapargul Utemuratova fuqarolar tomonidan elektr avtomobillarini quvvatlash infratuzilmasining yetarli emasligi haqida ko‘plab shikoyatlar tushayotganini aytdi. U, shuningdek, yo‘l bo‘yi ob’ektlarida quyosh va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish hamda uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha amaliy choralar haqida ham savol yo‘lladi.

Bu savolga javoban Mahkamov muammo faqat transport sohasi bilan bog‘liq emasligini, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi manbalarga o‘tish bo‘yicha keng qamrovli dasturlar ishlab chiqilganini ta’kidladi. Hozirda nafaqat mavjud AYOQShlarda, balki alohida elektr quvvatlash nuqtalarini belgilash va joylashtirish dasturi ham tayyorlangan.

Shu bilan birga, uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha savolga vazir aniq javob bermadi. Yig‘ilishda shuningdek, joriy yil Taxtako‘prik dovonida pullik tunnel qurish bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilyotgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 16:57 13.07.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!