Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda bolalar basseynga cho‘kdi: Bosh prokuratura bir bola vafot etganini tasdiqladi

Toshkentda bolalar basseynga cho‘kdi: Bosh prokuratura bir bola vafot etganini tasdiqladi

12 iyul kuni Toshkentda uy hovuzida yetti bola cho‘kkani va ulardan ikki nafari vafot etgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda tashvish uyg‘otdi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan bayonot berib, voqealar turli kunlarda ro‘y bergani va faqat bir bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil 12 maydan 10 iyulgacha shoshilinch tibbiy yordam markaziga bolalar cho‘kishi bilan bog‘liq yettita murojaat kelib tushgan. Bolalarning to‘rt nafari sog‘ayib, uyiga javob berilgan. Ikki nafar bola shifoxonada qolmoqda, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Vafot etgan bola esa qarovsiz qolib, xonadondagi basseynga tushib ketgan. Shifoxonaga yetkazilganida unda biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Ayni paytda Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Prokuratura jamoatchilikni asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalar orqali xabar topishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:30 13.07.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!