Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘laydigan Tahtaqarocha dovonida 7 km uzunlikdagi pulli tunnel quriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.
Qurilish davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Hozirda loyiha uchun texnik-iqtisodiy asoslarni taqdim etuvchi 3 ta kompaniya orasida tanlov o‘tkazilmoqda. G‘olib avgustda e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, tunnel qurilishi bo‘yicha topshiriq Prezident tomonidan 2019 yilda berilgan.