Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona shahrida fuqaroni mashinada urib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida fuqaroni mashinada urib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib, o‘ziga tegishli “Lasetti” rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi F.Z. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Kiritildi: 12:00 13.07.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!