Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda joriy mavsumda 7 nafar bola hovuzda cho‘kib shifokorga murojaat qilgan

Toshkentda joriy mavsumda 7 nafar bola hovuzda cho‘kib shifokorga murojaat qilgan

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi bolalar bo‘limiga Toshkent shahri bo‘yicha joriy cho‘milish mavsumida jami 7 nafar bola suvda cho‘kish holati bilan keltirishgan.

Ulardan ikki nafari shifoxonaga yetib kelgancha vafot etgan. 5 nafari esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

– Beshala bemor ham koma holatida olib kelindi. Sun’iy nafasda yotishdi. Hozirda ularning 3 nafari o‘ziga kelib, oddiy bo‘limga o‘tkazildi. Qolgan ikki nafari esa hali ham o‘ta og‘ir ahvolda, koma holatida yotishibdi.

Jumladan, ulardan birining yuragi olib kelinganda, 40 daqiqalar chamasi, olib borilgan uqalash muolajalaridan so‘ng ura boshlagan. Uzoq vaqt gipoksiyadan keyin bemorlarning o‘z holatini tiklashi qiyin kechadi, – deydi bolalar reanimatologi Alisher Mustaqimov.

Mutaxassisning aytishicha, 2-5 yoshli bolalarning koordinasiyasi yaxshi rivojlanmagani sababli ularning, masalan, sayoz suvlarda ham yiqilganidan so‘ng turib olishi qiyin. Natijada suvning tagida nafas olish holati yuzaga kelishi va o‘pkaga suv kirishi kuzatilishi mumkin.

Kiritildi: 16:09 12.07.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!