Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yunusobod tumanida fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarini nomiga o‘tkazib bermasdan MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi

Yunusobod tumanida fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarini nomiga o‘tkazib bermasdan MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.M.L.” MCHJ mas’ul shaxslari avtotransport vositalari sotuvi bilan shug‘ullanib kelib, 4 nafar fuqaroga “Spark” 2 ta , “Sobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni 2 yildan 3 yilgacha muddatli to‘lov asosida sotishga kelishib, fuqarolar tomonidan 2019-2023 yillar davomida to‘lovlar to‘liq to‘langandan keyin avtomashinalarni ularning nomiga o‘tkazib bermasdan, jami 34 882 AQSh dollari va 118,5 mln so‘mini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, MCHJ mas’ul shaxslari kreditorlarning oldida 6,1 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lsa-da, avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan 471,9 mln so‘mni hisob-raqamiga kirim qilmasdan korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:45 12.07.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!