Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida OTMga olib kirib kirishni va’da qilgan kafedra o‘qituvchilari ushlandi

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida OTMga olib kirib kirishni va’da qilgan kafedra o‘qituvchilari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:05 12.07.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!