2025–2026 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan reja asosida, 2025 yil 10 iyul soat 10:40 da TC-10 qozonxonasi hududida, M 0-16 va M 0-17 issiqlik kameralari orasida, Olmazor tumanidagi Farobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmog‘i uchastkasida 16 atmosfera bosimdagi mexanik mustahkamlik sinovi o‘tkazildi.
Sinov paytida 12,6 atmosfera bosimda, diametri 800 mm bo‘lgan trubada suv chiqishi kuzatildi. Bu uchastka 1989 yilda foydalanishga topshirilgan.
Hodisa natijasida jabrlanish holatlari qayd etilmagan. Biroq yaqin atrofdagi do‘konlarga moddiy zarar yetgan — jami 8 m² oynali vitrinalar singan. Zarar qoplanishi belgilandi.
Avariya sodir bo‘lgan joy tezda lokallashtirildi, va iste’molchilarga issiq suv ta’minoti to‘xtatilmadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi,- deyiladi xabarda.