Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining poraxo‘r bosh inspektorlari qo‘lga tushdi

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining poraxo‘r bosh inspektorlari qo‘lga tushdi

➡️Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori mansab mavqeidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizasiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MCHJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.

💸So‘ngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi va muqaddam MCHJ ta’sischisidan 500 AQSh dollari oladi.

⚡️Ammo, u qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🔽Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida motosikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan o‘zining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MCHJ rahbaridan 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:33 10.07.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!