Ma’lumotlarga ko‘ra u Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, interpol Toshkent MMB xodimlari kuzatuvida Litva Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro ekstradisiya qilindi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalqaro qidiruvga berilganligi e’lon qilindi.
Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Litva hududida ekanligi aniqlandi. U o‘sha yerda qo‘lga olinib, ekstradisiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan so‘ng, Litva tomoni jinoyatchini ekstradisiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy Markaziy Byurosining O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirildi.