Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tumani bo‘limi ish yurituviga "N.S." fermer ho‘jaligining soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor xo‘jalikka tegishli "Volkswagen" rusumli avtotransporti mavjudligi aniqlangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor mazkur avtomashinani xatlovdan yashirganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Sharof Rashidov tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan Volkswagen rusumli avtotransporti topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu avtomashina auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar fermerning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklariga yo‘naltirilishi mumkin.