Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlar ishiga tiklanib, ish haqi undirib berildi

Nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlar ishiga tiklanib, ish haqi undirib berildi


Ko‘p hollarda ayrim ish beruvchilarning mehnat qonunchiligi talablarini yetarlicha bilmaganliklari oqibatida xodimlarning nohaq ishdan bo‘shatilishi, mehnat huquqlari buzilayotganligiga guvoh bo‘lamiz.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan da’vogar F.M. va U.U.larni “Asaka don mahsulotlari” AJga o‘z lavozimiga ishga tiklash, shuningdek, majburiy progul uchun F.M. ga 12,7 mln so‘m ish haqi, ma’naviy zarar uchun 2,6 mln so‘m, U.U.ga esa 11,2 mln so‘m undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati talabi asosida Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida ikki xodim o‘z lavozimiga qayta ishga tiklandi hamda majburiy progul kunlari hamda ma’naviy zarar uchun jami 26,5 mln so‘m to‘lab berildi.

Kiritildi: 15:15 09.07.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!