Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Toshkent tumani, “Oqibat” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.M. xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz turli nomdagi 3 000 quti tamaki mahsulotlarini fuqaro M.R.ga 43 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4 005 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.