Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Davlat Texnika Universiteti ro‘parasida daraxtlarning teg qismi beton bilan qoplangani yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida holat tasdiqlandi va daraxtlar beton qoplamalaridan ozod etildi.
Fuqarolardan shunday masalalarda hushyor bo‘lishlari, ekologik qonunbuzarlik holatlari haqida viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz!