Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun 132 mln so‘m to‘laydi

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun 132 mln so‘m to‘laydi

Shoir Shamsiddin Sadoiyning mualliflik huquqi buzilgani aniqlangan. Sud qarori bilan xonanda Botir Qodirovni 132 mln so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar to‘lashga majbur qilindi, shuningdek, u endilikda ayrim qo‘shiqlardan foydalanish huquqidan ham mahrum.

Iyun oyida shoir Shamsiddin To‘rayev tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. Da’voda Botir Qodirov shoirning asarlarini ruxsatsiz ijro etgani va ommaviy ravishda tarqatgani ta’kidlangan.

Sud da’voni ko‘rib chiqib, Botir Qodirovni umumiy hisobda 132 million so‘m miqdorida to‘lov to‘lash majburiyatini yukladi. Shu jumladan, Botir Qodirov 112,5 million so‘m moddiy va 20 million so‘m ma’naviy zarar uchun tovon to‘laydi.

Bundan tashqari, Qodirovga shoir muallifligini tasdiqlovchi «Davlating borida», «Omonat» va «Tingla do‘stim» nomli qo‘shiqlardan har qanday shaklda — efir orqali, ijtimoiy tarmoqlarda yoki boshqa platformalarda — foydalanishni to‘xtatish majburiyati yuklatildi.

Mazkur qaror amaldagi qonunchilikka asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra mualliflar o‘z huquqi buzilgan taqdirda huquqbuzardan zarar o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lashni talab qilish huquqiga egadirlar.

Sud qarori Shamsiddin To‘rayevning foydasiga ijro etilishi va mualliflik huquqlarini himoya qilishda muhim huquqiy presedent sifatida qayd etilmoqda.

Kiritildi: 16:30 08.07.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!