Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makronning xotini yana bir bor erini beburd qildi

Makronning xotini yana bir bor erini beburd qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron Buyuk Britaniyaga yetib kelganida samolyot zinapoyasidan tushish uchun cho‘zilgan qo‘lini qabul qilmay, Fransiya rahbarini yana bir bor omma oldida kamsitdi.

Prezident samolyotining Nortolt harbiy bazasiga yetib kelgani aks etgan kadrlarni France 24 telekanali namoyish qilgan.

Videoda Makron tor zinapoyalardan tushib, samolyotdan birinchi bo‘lib chiqdi. Uning orqasidan oq ko‘ylak va baland poshnali tuflida xotini Brijit chiqdi. Makron unga qo‘lini uzatdi, biroq birinchi xonim buni qabul qilmadi va tutqichga suyanib pastga tusha boshladi.

Makron qo‘lini tushirib, uni kutib olayotgan shahzoda Uilyam va malika Keyt Middltonga yuzlandi.

Avvalroq Makron va uning rafiqasi o‘rtasidagi munosabatlar may oyi oxirida Vyetnamga tashrifi chog‘ida OAV e’tiborini tortgan edi. Prezidentning samolyotdan chiqishini tasvirga olgan jurnalistlar Makron xotinining yuziga musht tushirgan lahzani suratga olishdi.

Kiritildi: 20:45 08.07.2025. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!