Rossiya hukumati rus tilidan foydalanishga oid cheklovlar kuchayib borayotgan Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga nisbatan keskin sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Insider-T xabar berdi.
Kreml mazkur davlatlarda rus tilining maqomini pasaytiruvchi qonunlar qabul qilinayotganidan norozilik bildirgan va bunga javoban bir qator choralarni ko‘rib chiqmoqda.
Ular orasida:
• Vizali tartibni joriy etish,
• Rossiyadan pul o‘tkazmalarini cheklash,
• Mehnat migrantlari uchun kvotalarni kamaytirish,
• Yirik logistik loyihalarni to‘xtatish kabilar bor.
Manbaga ko‘ra, ushbu sanksiyalarga eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston tilga olinmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya ushbu mintaqalar yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.