Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda

Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda

Bu haqda Jamestown Foundation xabar bermoqda.

Jamestown Foundation veb-saytida chop etilgan maqolada mintaqada jiddiy chuchuk suv tanqisligiga sabab bo‘layotgan Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik asta-sekin Rossiya uchun muammoga aylanib bormoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyani Sibir daryolaridagi suvni baham ko‘rishga chaqirmoqda, aks holda bu davlatlardan Rossiya shaharlariga ommaviy immigrasiya yuz berishi mumkin. Rossiya hamon Sibirdan Markaziy Osiyoga suv o‘tkazish loyihalariga qaytishga qarshi, aksincha mintaqa davlatlarini suv resurslaridan samarasiz foydalanayotganlikda ayblamoqda. Natijada, bu Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlaridagi keskinlikning yana bir sababiga aylanmoqda deyiladi maqolada.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda 2040-yilga borib chuchuk suvning keskin tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Gap Chorvoq muammolari, Sirdaryo va Amudaryoning sayozlashuvi haqida ketmoqda.

Kiritildi: 22:55 04.07.2025. O'qildi: 2957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!