Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979 yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2021-2024 yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2024 yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.