AQSh Markaziy qo‘mondonligining janglar davomida yetkazilgan zararni baholashiga ko‘ra, na Eronning yuqori darajada boyitilgan urani, na Fordo va Isfahondagi mustahkamlangan yer osti inshootlari vayron bo‘lmagan – Eron sentrifugalarining aksariyati buzilmagan, yadroviy dastur esa bor-yo‘g‘i 1-2 oyga orqaga surilgan, deb yozmoqda telekanal.
Kecha CNN telekanali Eron bilan urushning AQSh va Isroil tomonidan e’lon qilingan natijalari bo‘rttirilgani haqida maqola e’lon qildi.
CNN sarlavhasida ko‘rsatilgan tezisga The New York Times, Reuters va Axios ham qo‘shildi, va bu Oq uyda g‘azab bo‘ronini keltirib chiqardi, ular bu xabarlarni yolg‘on va Trampni obro‘sizlantirishga urinish deb atadi.
Shuningdek, kecha Donald Tramp ommaviy axborot vositalari yolg‘on gapiradi va haqiqiy vaziyatni bilmaydi deb bir nechta bayonotlar berdi.