Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy Al Jazeera'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Ha, bizning yadro ob’ektlarimiz jiddiy shikastlandi. Bu rost, chunki ular bir necha bor hujumlarga uchradi", — deya qo‘shimcha qildi Bag‘oiy. Eronlik racmiy boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Shu bilan birga, Axios nashri muxbiri Barak Ravid Oq uy jurnalistlarga tarqatgan Isroil Atom energiyasi komissiyasining hujjatini e’lon qildi. Ushbu hujjatda, xususan, Qo‘shma Shtatlarning Fordo yadroviy ob’ektiga bergan zarbasi "uning o‘ta muhim infratuzilmasini vayron qilgani va uran boyitish inshootini ishdan chiqargani" qayd etilgan.
"Biz Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalari va Isroilning Eron harbiy yadroviy dasturining boshqa qismlariga bergan hujumlari mamlakatning yadro qurolini ishlab chiqish qobiliyatini uzoq yillarga orqaga surganiga ishonamiz", deyiladi komissiya xulosasida.