Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda taniqli bloger o‘z uyida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Toshkentda taniqli bloger o‘z uyida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan biri Nil timsohini uyida saqlayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. Reyd davomida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro yashash manzilida 1 dona Nil timsohini saqlayotganligi aniqlandi.



Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining "Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 736-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi.

Timsoh Toshkent hayvonot bog’iga topshirildi. Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ekologik nazorat tadbirlari barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:06 24.06.2025. O'qildi: 1899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!