Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi qattiq tanqid qilindi!

Messi qattiq tanqid qilindi!

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jerom Roten Lionel Messini keskin tanqid qildi.

Avvalroq argentinalik futbolchi "PSJ"dagi faoliyati davomida baxtli bo‘lmagani haqida gapirgandi.

"U "PSJ"ni tanqid qildi, ammo aynan "PSJ" uni qutqarib qoldi. Messi "Barselona"dan ketganida, faqat "PSJ" unga katta maosh va yuqori darajadagi o‘yin taklif qila oldi, bu esa unga jahon chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Nega shikoyat qilyapsan? Nega klub meni hurmat qilmadi, deyapsan? Sen bu yerdagi odamlarni hurmat qilarmiding? U hech kimni, ayniqsa, fransuzlarni hurmat qilmasdi. Hozir u AQShdan turib "PSJ" va Fransiya haqida juda dadil gapirmoqda. Uning baxtiyor bo‘lmagani haqidagi hikoyasi... Uning qayerda yashaganini bilasizmi? 500 kvadrat maydonga ega uyda, hamma narsadan to‘liq himoyalangan va bolalar uchun xususiy maktab mavjud. Bizni sening baxtsizligingga ishonishga majburlash kerak emas," - dedi Roten RMC Sport dasturida.

Kiritildi: 17:55 25.06.2025. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!