Ijtimoiy tarmoqlarda “OLX” onlayn savdo platformasida 3 yoshdagi bola (uning fotosurati ilova qilingan tarzda) sotuvga qo‘yilganligi haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hozirda bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra Ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berish masalasi o‘rganilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratiga olingan holda o‘rganilmoqda.
Bolaning hayoti va erkinligiga qarshi bunday jinoiy harakatlarga nisbatan qonun doirasida qat’iy va murosasiz chora ko‘rilishi shart, — deyiladi xabarda.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.