Eron Isroilga qarshi yangi qo‘shma zarbalar to‘lqinida Hayfa va Tel-Avivda Isroilning raketaga qarshi tizimlarini yo‘q qilish uchun 100 dan ortiq dronlarni uchirdi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida aytilgan.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi shuningdek, Isroilning harbiy ob’ektlari va harbiy sanoatiga qarshi raketa operasiyalarini kuchaytirish niyatida ekanligini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronni maxfiy harbiy yadro dasturini amalga oshirishda ayblab, unga qarshi operasiya boshlagan edi. Sabotaj guruhlari tomonidan havo bombardimonlari va reydlarining nishonlari yadroviy ob’ektlar, generallar, taniqli yadro fiziklari, havo bazalari, havo mudofaa tizimlari va "er-er" raketalari edi.