Fransiya bosh vaziri Fransua Bayru Parijdagi havo ko‘rgazmasi vaqtida Rafale qiruvchi samolyoti kabinasida tiqilib qoldi. Bu haqda Entrevue nashri xabar bermoqda.
Qiziqarli voqea bosh vazirning Rafale F5 ilk bor namoyish etilgan aviashouga tashrifi chog‘ida yuz berdi.
"Fransua Bayru Fransiyaning Rafale qiruvchi samolyotiga o‘tirdi. Ammo kichik muammo bor edi: bosh vazir tiqilib qoldi va samolyotdan chiqa olmadi, bu esa ko‘plab masxaralarga sabab bo‘ldi" - deb yozadi nashr.
Natijada aviashou ishchilaridan biri Bayruga yordamga keldi va u bosh vazirni qiruvchi samolyotdan ozod qildi.
Nashrning qayd etishicha, samolyot taqdimoti yilning asosiy voqeasi bo‘lishi kerak edi, biroq bosh vazir bilan sodir bo‘lgan voqea qiruvchi samolyotning o‘zidan ham ko‘proq hayajonga sabab bo‘lgan.