Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Bugun, 16-may kuni soat 20:30 da Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan korxonalarning biriga temir yo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga bo‘shatilayotgan vaqtda kam miqdorda to‘kilishi kuzatilgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ahvollari yaxshi bo‘lganligi bois uyiga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 22:37 16.05.2025. O'qildi: 3025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!